“Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” shiori ostida o’tkazilgan sport musobaqasi g’oliblari institut rahbariyati tomonidan taqdirlandilar

10.01.2020, 19:46 Institut yangiliklari, Tadbirlar 1635

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining  28 yilligi hamda Vatan himoyachilari  kunini  nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari  to‘g‘risida” gi  F-5529-son farmoyishda belgilangan vazifalarni hamda “14 yanvar Vatan ximoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan  “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” shiori ostida 2020-yil 9-yanvar kuni soat 15-00 da institutning sport zalida “Arqon tortish”, “Tosh ko‘tarish” va “Armrestling” turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Musobaqaning 2-kuni 2020-yil 10-dekabr kuni o’tkazildi. Bellashuvning  yakuniy qismida g’oliblar e’lon qilinib institut o’quv va tarbiyaviy ishlari bo’yicha prorektor Z.A.Yuldashev tomonidan g’oliblar  taqdirlanadilar.

1 – o’rinni 110-maktab qatnashchilari, 2-o’rinni Toshkent farmatsevtika instituti jamoasi, 3-o’rinni toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi qo’lga kiritdi. Mazkur musobaqada ishtirok etgan barcha qatnashchilarni va g’oliblikni qo’lga kiritgan jamoalarni institut rahbariyati nomidan tabriklaymiz.

                       

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova