Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Xusanboeva Yulduz Baxtiyoravna tashabbusi bilan O‘zbekiston tarixi fanidan seminar va ma’ruza mashg‘ulotlari muzeylarda tashkil etilmoqda

09.01.2020, 14:51 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1751

Yoshlarning kundalik hayotini foydali mazmun bilan to‘ldirishga qaratilgan Sirdaryo viloyati tajribasini keng joriy etish maqsadida “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini  mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus”ni Toshkent farmasevtika instituti talaba-yoshlariga qo‘llash bo‘yicha 2020-yil 7-yanvar kuni ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan O‘zbekiston tarixi fanida talabalarni “O‘zbekiston tarixi” va “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ga tashrif buyurdilar. Tashrif jarayonida ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Xusanboeva Yulduz Baxtiyoravna tomonidan Temuriy saltanati tarixi, Amir Temur siyosiy qarashlari xususida qiziqarli suhbatlar olib borildi. Bu kabi ochiq,sayyor tarzda o’tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari olib borilishi reja asosida tashkil etiladi.

       

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova