Talabalar turar joyida yashovchi yoshlar qishki ta’tildan so’ng institut rahbariyati tomonidan ko’tarinki ruhda kutib olindi

08.01.2020, 16:15 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1576

Hozirgi kunda mamlakatimizda yangi avlodni o`z hayotiy o`rniga ega, bilimli va yuksak salohiyatli qilib tarbiyalashga juda katta e`tibor qaratilyapti. Zero, xalqimiz ertasi qanday bo`lishi farzandlarimizning bugun qanday ta`lim-tarbiya olishlariga bog`liq. Har tomonlama mukammal inson bo`lish uchun faqatgina bilimning o`zigina kifoya qilmaydi. Balki bilim bilan birgalikda, insonparvarlik, vatanparvarlik xislatlari ham shakllanib borishi lozim. Bu kabi his tuyg`ularni shakllantirishda esa bilim maskanlarida talabalarga keng imkoniyatlar,qulayliklar yaratilib, alohida e’tibor qaratilmoqda. Toshkent farmatsevtika institutida 2020-yil 2-o’quv yili boshlanishi ko’tarinki kayfiyatda qarshi olindi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 dekabrdagi 1-sonli (14/1-3688-son, 06.12.2019 y.) bayoni hamda yangi yil bayrami arafasida va qishki ta’til davrida institutda tinchlik-osoyishtalikni saqlash, talabalarning qishki ta’tilining yuqori saviyada o‘tishini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019-yil 12-dekabrdagi 1122-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida  institut talabalar turar joylarida yashovchi talabalarni ta’tildan qaytishlari munosabati bilan Talabalar turar joyida yashovchi yoshlarga  institut rahbariyati  tomonidan dasturhon yozildi va osh taqdim etildi.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova