Institut professor-o‘qituvchilari uchun talabalar qishki ta’tili davrida o‘quv-uslubiy seminarining 2- kuni

24.12.2019, 14:12 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1837

 Institut professor-o‘qituvchilari uchun talabalar qishki ta’tili davrida o‘quv-uslubiy seminar, tadbirlar tashkil etilmoqda.

2019-yil  24-dekabr kuni institut katta faollar zalida rahbar xodimlar, barcha professor-o‘qituvchilar, bo‘lim boshliqlari ishtirokida seminarning 2-kuni o‘tkazildi. Seminarning ro‘yxatga olish qismi  soat 09:30 dan 10:00 ga qadar davom etdi.

Tadbirni institut rektori I.I.Alimdjanov kirish so‘zi bilan ochib berdi va ma’ruzachilar bilan tanishtirdi.

«Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi» mavzusida o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldashev, «Oliy  ta’lim tizim  faoliyatini  baholashda xalqaro reyting tizimlari. Toshkent farmatsevtika institutining xalqaro reyting tizimlarilardagi o‘rni va  uni  oshirish yo‘llari» mavzusida Dori  vositalarini standartlashtirish va sifat  menejmenti kafedrasi mudiri, f.f.n, dos. F.S.Jalilov, Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Y.B.Xusanboev «Harakatlar strategiyasini  beshinchi yo‘nalishini o‘rganishda kontent tahlil usullaridan foydalanish» mavzusida, «Magistratura mutaxassisliklarining ilmiy faoliyatida ilmiy adabiyotlarning tizimli tahlil usullari» fanining o‘rni FITQ kafedra  katta o‘qituvchisi  p.f.n.  D.X.Djalolova, «Инновационные технологии при проведении занятий по фармацевтической помощи» mavzusida Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi o‘qituvchisi f.f.n, dos. N.V.Shilsovaning  ma’ruzasi tinglandi.

    

     

     

     

    

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova