Beshta tashabbus bo‘yicha Toshkent farmatsevtika institutining NTM “Lumos mind” xususiy maktabi bilan hamkorligi

23.12.2019, 16:08 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2788

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus yurtimizdagi yoshlarni har jabhada munosib o‘rin egallashi va kamol topishi uchun muhim dasturi amal bo‘lib xizmat qilmoqda. Yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish, bunda ularning sa’nat, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus keng ommaga targ‘ib etish hamda maktablar bilan hamkorlik aloqalarini mustaxkamlash maqsadida 2019-yil 20-dekabr kuni Toshkent farmatsevtika institutida Mirobod tumani  nodavlat  ta’lim muassasasi “Lumos mind”  o‘rta maktab  o‘quvchilari ishtirokida  2019-2020 o‘quv yilining birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar ingliz va arab tilida o‘zlashtirgan bilimlarini she’r va qo‘shiqlar orqali namoyon etdilar. Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun maktabda joriy etilgan Penchak-silat sport turi bo‘yicha o‘quvchilar sport mashqlarini  namoyish etishdi. Iste’dodli yoshlar ishtirokida teatrlashgan saxnalarning qo‘yilishi, shaxmat va sport turlariga qiziqishi yosh avlodning  ma’naviy yuksalishi va har tomonlama komil inson sifatida yetilishini  belgilaydi.