Toshkent farmatsevtika instituti hududida 5- farovon okrugi, 219- saylov uchastkasi o’z faoliyatini samarali olib bordi

22.12.2019, 19:48 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1697

Bugun 2019- yil 22-dekabr. Yurtimizda Qonunchilik Palatasi va mahalliy kengashlarga deputatlar saylovi bo’lib o’tdi. Jumladan Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan Toshkent farmatsevtika instituti hududida 5- farovon okrugi, 219- saylov uchastkasi o’z faoliyatini samarali olib bordi. Mazkur saylov uchastkasiga Toshkent farmatsevtika instituti sanoat-farmatsiyasi fakulteti dekani Zuhriddin Mamatqulov raislik qildi.

Saylovni institut rektori, professor Alimdjanov Ibrohim Inamovich nazorat qilib bordi. Shuningdek saylov jarayonida institut professor-o’qituvchilari faol ishtirok etdilar.


Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova