Xitoyning Nanjing  farmasevtika universiteti deligatsiya tashrif buyurdi

17.12.2019, 15:59 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2058

O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida xalqaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.Jumladan, Toshkent farmatsevtika institutida ham 33 nafardan ziyod davlatlar bilan xalqaro aloqalar o‘rnatilgan.

2019-yil 17-dekabr kuni  Toshkent farmatsevtika institutiga Xitoyning Nanjing  farmasevtika universitetidan delegatsiya tashrif buyurdi.

Deligatsiya a’zolari Xitoy ananaviy tibbiyot maktabi dekani Luo Jiangnang, Hong.A,  .Zhang.H  Zhang.A.

Deligatsiya tashrifining maqsadi- O’zbekiston  va Xitoy o’rtasida oliy ta’lim, farmatsevtika sohasida yanada mustahkam aloqalar o’rnatish va o’zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir. Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar, talabalar almashinuvi, amaliyot jarayoni o‘tash va ilmiy hamkorliklar yuzasidan kelishib olindi.

                        

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova