“Odob inson ziynati”

16.12.2019, 17:11 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 49821

Inson odobining eng muhim ko‘rinishlaridan biri bu ilmni hurmat qilishdir, ilmni hurmat qilgan kishi esa, albatta ustozini hurmat qiladi. Zero, ilmni va ilm ahlini hurmat qilish odobli kishilarning fazilatlaridandir. Shu bilan birga bir-biriga nisbatan yaxshi muomalada bo‘lmoq, har qanday holatda ham o‘zini tuta bilmoq, o‘zgalarni ham o‘zidek hurmat qilmoq inson odobining asoslari hisoblanadi.. Bu  borada yurtimizdagi barcha tashkilotlarda ko’plab tadbirlar,uchrashuvlar amalga oshirilmoqda.

2019-yil 16-dekabr kuni  Toshkent farmatsevtika institutining katta faollar zalida  tillar kafedrasi hamda yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tashabbusi bilan “Islom dinida yoshlarning ta’lim tarbiyasi’’  va “Odob-axloq inson ziynati” mavzularida  ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni institut rektori  I.I.Alimdjanov kirish so’zi bilan ochib berdi va talabalarga mavzu yuzasidan hayotiy tavsiyalarini berdi. Tadbirga tashrif buyurgan Toshkent shahridagi “ Xo’ja  Alambardor” jome masjidining imom –xatibi Rahimberdi domla Rahmonov “Islom dinida yoshlarning ta’lim tarbiyasi’’  mavzusida talabalarga ma’ruza o’qidi. Mehmon o’z ma’ruzasida odob ahloq,ustozlar, ularni e’zozlash, ularga ehtirom ko’rsatish, ustozlar bergan tavsiyalarni qunt bilan tinglab ularga rioya etish haqida to’xtalib o’tdilar. Ahir aytishadiku “Ustoz otangdek ulug’”deb. Shunday ekan hurmatli talabalar ota-onamizni qay darajada hurmat qilib e’zozlasak ustozlarimizni ham qadriga yetaylik. Zero ular bizga faqat yaxshilikni ravo ko’radilar, kelajakda yetuk inson bo’lishimiz uchun  jon kuydirib, bizga saboq beradilar.

           

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova