Umumta’lim maktablarida xamkorlik aloqalari davom etmoqda.

16.12.2019, 15:08 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1687

2019-yil 13-dekabr kuni Toshkent farmatsevtika institutining “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi professor o‘qituvchilari  va  254-maktab rahbariyati  o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, umumta’lim maktabida tahsil olayotgan o‘quvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish va bunda o‘quvchilarning ma’suliyatini yanada oshirish yuzasidan Toshkent farmatsevtika instituti va 254-maktab o‘rtasida  hamkorlik bo‘yicha “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi f.f.d; dotsenti F.X.Maksudova  va f.f.n; katta o‘qituvchi A.S.Normurodovlar tashrif buyurdilar.

           “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi f.f.n; katta o‘qituvchisi A.S.Normurodov 11-sinf o‘quvchilari bilan birgalikda “Qomusimiz- erkin va farovon hayotning kafolati” mavzusida davra suhbatni olib bordi va Saylov Kodeksi hamda  “Saylov-2019” haqida ma’lumot berdi. “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi f.f.d; dotsenti F.X.Maksudova  11-sinf o‘quvchilari bilan birgalikda  qizlarning odob-ahloq, sharm-hayo, tarbiya, muhabbat munosabatlarini e’tiborga olgan holda “Qizlarning erta turmush qurishlari” mavzusida va erta turmush qurishning salbiy oqibatlari oldini olish xususida davra suhbati olib bordi.

            Institut professor o‘qituvchilari tomonidan umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi o‘quv-tarbiya jarayonlari sifatini oshirish hamda tegishli maktablarga metodik yordam berish asosida maktab-oliy ta’lim muassasasi hamkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadida F.X.Maksudova “Dori turlari texnologiyasi” fanidan “Farmatsevtika sohasidagi terminlar va qo‘llaniladigan meʼyoriy hujjatlar” mavzusida  mahorat darsini o‘tkazdi. Bu dars o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob oldilar. Maktab ma’muriyati tomonidan f.f.d; dotsent F.X.Maksudova va f.f.n; katta o‘qituvchi  A.S.Normurodov tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

     

     

Institut matbuot kotibi