Toshkent farmatsevtika instituti “Analitk kimyo” va “Noorganik, fizik va kolloid kimyo” kafedralari bilan hamkorlikda “Saylov – demokratiyaning muhim mezoni”, “Yangi O’zbekiston – yangi saylovlar” mavzusida tadbir o’tkazildi.

16.12.2019, 14:14 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2051

2019-yil 11-dekabr kuni institut katta faollar zalida o’tkazilgan tadbirda saylov jarayonlari, so’nggi yillarda kiritilgan o’zgartirishlar haqida suhbat olib borish, ma’lumotlar berish uchun Toshkent yuridik institut dotsenti, Toshkent shahar markaziy saylov okrugining raisi Bekov Ixtiyor Rustamovich taklif etildi. Tadbirni o’quv va tarbiyaviy ishlari bo’yicha prorektor, professor Z.A.Yuldashev ochib berdi.