DVST kafedrasi dotsenti v/b S.T.Sharipova tomonidan “Ferask kapsulasini tayyorlash texnologiyasi” mavzusida ochiq laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazildi.

16.12.2019, 11:17 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1867

Farmatsiya  yo‘nalishi 3-bosqich 305 A guruh talabalariga 2019-yil 13-dekabr kuni soat 8 30  da “Dori vositalarining sanoat texnologiyasi” kafedrasi dotsenti v/b S.T.Sharipovaning 105-auditoriyada “Tayyor dori turlari texnologiyasi” fanidan “Ferask kapsulasini tayyorlash texnologiyasi” mavzusidagi ochiq laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazildi. Ochiq mashg‘ulot aqliy hujum va “BBB” pedagogik texnologiya usullaridan foydalanilgan holda o‘tkazildi. Darsda axborot kommunikatsion texnologiyalar va videoroliklardan foydalanildi. Ushbu mavzu bo‘yicha qiziqarli munozaralar va savol-javoblar bo‘ldi.

     

     

DVST kafedrasi