Fizik va kolloid kimyo kafedrasi dotsenti f.f.n. M.M.Qurbonova va dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi dotsenti f.f.n. Z.X.Zufarovalarning “Sirt faol moddalar. Dag`al dispers sistemalar” mavzusida integrallashgan ochiq ma`ruzasi o‘tkazildi.

14.12.2019, 16:13 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1680

2019-yil 11-dekabr kuni soat 830da sanoat farmatsiyasi 2-bosqich 3-oqim talabalariga noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi dotsenti  f.f.n. M.M.Qurbonova va dori vositalari sanoat texnologiyasi kafedrasi dotsenti  f.f.n. Z.X.Zufarovalarning  fizik va kolloid kimyo fanidan “Sirt faol moddalar. Dag`al dispers sistemalar” mavzusida integrallashgan ochiq ma`ruzalari bo`lib o`tdi. Ochiq ma`ruza aqliy xujum pedagogik texnologiya usullaridan foydalanilgan holda o‘tkazildi. Darsda axborot kommunikatsion texnologiyalar va videoroliklardan foydalanildi. Ushbu mavzu bo‘yicha qiziqarli munozaralar va savol-javoblar bo‘ldi.