SIRDARYO UNIVERSAL OYNA”MCHJ ta’sischisi Yusupov Bahodir G’aniyevich “Toshkent farmatsevtika institutining faxriy professori”unvoni bilan taqdirlandi

12.12.2019, 03:43 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3476

2019- yil 11-dekabr kuni Toshkent farmatsevtika instituti rektori I.I.Alimdjanov “Sirdaryo universal oyna MCHJ” korxonasiga tashrif buyurdi. Tashrif jarayonida institut rektori mazkur korxonada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek

SIRDARYO UNIVERSAL OYNA”MCHJ ta’sischisi Yusupov Bahodir G’aniyevich “O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli Toshkent farmatsevtika institutining faxriy professori”unvoni bilan taqdirlandi. Baxodir G’aniyevich Respublikamizning farmatsevtika sanoati va ta’limini rivojlantirishga katta hissa qo’shmoqda.

Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan tub islohotlar samarasida butun mamlakat bo’ylab ko’plab yangi korxonalar tashkil etilmoqda, aholining hayot sifati yaxshilanmoqda, tadbirkorlar davlat tomonidan har tomonlama qo’llab-quvvatlanmoqda. Muhtaram Prezidentimizning mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishda ko’rsatayotgan yordami bilan qisqa muddatda Bahodir G’aniyevich tomonidan nafaqat Markaziy Osiyoda, balki MDHda o’xshashi bo’lmagan korxonalar barpo etib, foydalanishga topshirdi. Bular “TEMUR MED FARM” MChJ shisha butilkalarida infuzion eritmalar va antibiotiklarni ishlab chiqaruvchi farmatsevtika zavodidir.  Ilgari chet eldan valyuta evaziga olib kelingan yuqori sifatli import o’rnini bosuvchi dori-darmonlarni ishlab chiqaruvchi “TEMUR MED FARM” MChJ, “SIRDARYO UNIVERSAL OYNA”, MChJ farmatsevtika va oziq-ovqat shisha idishlarini ishlab chiqarish uchun shisha zavodi, “Sirdaryo – farm” EIZ ishtirokchisi maqomini oldi. Farmatsevtika va ko’plab oziq-ovqat sanoati korxonalarini yuqori sifatli shisha idishlar bilan ta’minmoqda.



Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova