Sanoat-farmatsiya fakulteti tibbiy va biologik fanlar kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan amalga oshirilayotgan hamkorlik ishlari .

11.12.2019, 14:51 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 2203

2019-yil 6-dekabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan 247-umumta’lim maktabida tibbiy va biologik fanlar kafedrasi o‘qituvchilari: t.f.d. Kashirbaeva D.M., Madaminova M.A., Saidova D., Vorotnikova J.SH. tomonidan “Sog‘lom turmush tarzida ovqatlanish madaniyati”, “Farmatsevtika institutining asosiy yo‘nalishlari”, “Dars o‘tish vaqtida amaliy mashg‘ulotlar uchun qo‘yiladigan gigienik talablar”, mavzulari yuzasidan 10-11-sinf o‘quvchilari bilan suhbat o‘tkazildi. Davra suhbati mobaynida o‘quvchilarga farmatsevtika instituti to‘g‘risida, ovqatlanish tartibi, o‘smirlarning fiziologiyasi va o‘qitish yuklamalarining gigienik ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berib  ularni qiziqtirilgan savollarga mutaxassislar tomonidan ma’lumotlar  berildi.

     

Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi