O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi qabul qilinganining 27 yilligi

10.12.2019, 14:24 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 2060

Har tong davlatimiz madhiyasi sadolari ostida yangi kunni kutib olar ekanmiz, ko‘z oldimizda ana shu manzara namoyon bo‘ladi. Uning har bir chuqur ma’noga ega satri, mardonavor va sohir ohangi bizni sehrlab qo‘yadi, qalbimizda Vatanimizdan faxrlanish, bugunimizdan shukronalik va ertamizga ulkan ishonch hissini jo‘sh urdiradi.
Davlat ramzlari mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi, xalqimizning sha’nu shavkati, g‘ururi, or-nomusi, tarixiy xotirasi va orzu-umidlarini o‘zida mujassam etuvchi muqaddas timsollardir.
1992-yil 10-dekabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonun imzolandi.

 Xalqimiz omon ekan mustaqil mamlakatimiz yuksak taraqqiyot, buyuk kelajak barpo etish sari odimlashda davom etadi, ulug‘ xalqning mangu qo‘shig‘i – madhiyamiz xalqimiz, farzandlarimiz qalbidan chuqur joy olib, olam uzra baralla yangrayveradi. Bu qo‘shiq ona Vatanimizdan g‘ururlanishga, mustaqilligimizni  mustahkamlashga, bugunimizning qadriga yetishga, yangi marralarni zabt etishga undayveradi.

Toshkent farmatsevtika institutida  O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 27 yiiligi keng nishonlandi. Bu borad tadbirlar, talabalar o’rtasida davra suhbatlari tashkil etildi. Dars jarayoni ham doimgidek O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

      

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova