“Yoshlar  o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish”

10.12.2019, 12:30 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 2057

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini  mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus” ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yil 10-dekabr kuni soat 11-00 da institut psixologi K.B.Axrorova tashabbusi bilan institut talabalari o‘rtasida “To‘rtinchi tashabbus – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish”ga yo‘naltirilgan tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirni sanoat-farmatsiya fakulteti dekani Z.U.Mamatqulov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda institut tarbiyachi pedagogi N.E.Yusupova,farmatsiya fakulteti dekan muovini A.A.Tag‘baev, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi F.Z.Mannapovalar qatnashdi. Tadbirga O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Go‘zalbegim Matyoqubova tashrif buyurib, “Yoshlar  o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish” mavzusi yuzasidan, “G‘afur G‘ulom” nashriyot-matbaa ijodiyot uyi  muxariri, yozuvchi  Sanjar Tursunov “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish” mavzularida ma’ruza o‘qib targ‘ibot ishlarini olib bordilar. Shuningdek tadbirda “G‘afur G‘ulom” nashriyot-matbaa ijodiyot uyi tomonidan kitob yarmarkasi tashkil etildi.

                             

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova