Saylov demokratiyaning muhim mezoni

09.12.2019, 15:43 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1870

2019-yil 22-dekabr kuni  O‘zbekiston Respublikasida  bo‘lib o‘tadigan Deputatlar saylovi yuzasidan yurtimizda ko‘plab targ‘ibot va tashviqot  ishlari olib borilmoqda. Jumladan oliy ta’lim muassasalarida ham qator tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkazilib borilmoqda.

2019- yil 7-dekabr kuni Toshkent farmatsevtitka  institutiga  Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari, Mirobod tumani O’zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalarida saylov  yuzasidan  tushunchalar  berib,  yangi qabul qilingan qonunlar, qarorlar  bilan tanishtirdilar. Toshkent davlat yuridik universitetining 3-bosqich talabalari Babayev Jamshid, Dodoyev Sheroz, Ochilov Ulug’bek mavzu yuzasidan ma’ruza o‘qidilar. Mazkur uchrashuvda Toshkent farmatsevtika instituti murabbiylar kengashi raisi N.S.Salimsakova, yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining institut yetakchisi F.Sh.Namozov, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi B.X.Boltayevalar qatnashdi.

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova