Standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasida hamkorlik

06.12.2019, 17:32 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2251

 “O’zstandart” agentligining bir guruh yosh mutaхassislari “Bir makon-bir yo’l” loyihasiga ko’ra, joriy yilning 7-26 noyabr sanasida Xitoy Xalq Respublikasining Changjou va Shanхay shahrida, “Respublikamiz uchun standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasida hamkorlik istiqbollari” mavzusida o’tkazilgan seminarda faol ishtirok etdilar. “O’zstandart” agentligining tashabbusi bilan ushbu tadbirda Toshkent farmatsevtika instituti 4-kurs Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti yo’nalishi 402A-guruh talabasi Ergashev Abbosxon ham ishtirok etdi. Seminarda, “Xitoy standartlashtirish va akkreditasiya tizimining holati”, “Xitoyda sifat nazorati tizimi”, “Xitoyning go’zal qishloqlarida standartlashtirishning holati”, “Xitoyda sayyohlik sohasida standartlashtirish tizimi”, “Neft mahsulotlarini standartlashtirish tizimi” “Oziq-ovqat va qishloq хo’jaligi  mahsulotlari standartlashtirish tizimi” kabi muhim  mavzularda o’zaro tajriba almashdilar.