Toshkent farmasevtika instituti Organik va biologik kimyo kafedrasida “Organik kimyo” fanidan ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

06.12.2019, 16:49 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2264

2019-yil 4-dekabr 127-auditoriyada Sanoat farmatsiyasi fakulteti Sanoat farmatsiyasi yo‘nalishi  2-bosqich 2-oqim guruh talabalari uchun “Organik kimyo” fanidan “Olti a’zoli bitta geteroatom tutgan geterosiklik birikmalar” mavzusi bo‘yicha   Organik va biologik kimyo kafedrasi dotsenti F.O.Po‘latovaning ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.

Ma’ruza talabalar olti a’zoli bitta geteroatom tutgan geterosiklik birikmalar sinfiga mansub bo‘lgan piridin, xinolin va izoxinolin, ularning olinish usullari, hosilalari, ahamiyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Piridin, xinolin va izoxinolin asosida olinadigan dori preparatlarining sintezi bilan tanishdilar. Ma’ruzada mavzu bo‘yicha videoroliklar va pedagogik texnologiya  usullaridan foydalanildi.

     

Organik va biologik kimyo kafedrasi