Toshkent farmasevtika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi hamda Toksikologik kimyo kafedrasining «Odam savdosiga qarshi kurashish oyligi» doirasida olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar to‘g‘risida hisoboti

05.12.2019, 16:45 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2415

 Insoniyat tarixidagi eng mudhish qullik tushunchasi o‘tmishda qolib ketgani yo‘q, u hamon turli shakl-shamoyilda davom etmoqda. Endi kimningdir qo‘liga kishan solib, yelkasiga qamchi bilan urish shart emas. Zamonaviy qullar zo‘ravonlik, qo‘rqitish va tahdidlar ostida uy xizmatchilik, fohishalik, og‘ir sharoitlarda ishlashga majbur qilinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun dunyoda 45 million erkak, xotin-qiz va bolalardan qul sifatida foydalanilmoqda.

Ayni vaqtda odam savdosi o‘ta xavfli bo‘lib, turli jinoyatlarning sodir etilishiga zamin hozirlaydi. Odam savdosining jinoiy bozori giyohvandlik vositalari va qurol-yarog‘ savdosidan keyin uchinchi o‘rinni egallayotgani uning nechog‘lik xavfli illat ekanligidan dalolatdir.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida 2019-yil 9-oktabr kuni o‘tkazilgan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasining 2-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 17-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalari talaba-o‘quvchilari o‘rtasida «Odam savdosiga qarshi kurashish oyligi» va «Majburiy mehnatga qarshi kurashish oyligi» ni o‘tkazish belgilangan.

Shu munosabat bilan 2019-yil 4-dekabr kuni va ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchilari Xusanbaeva Yu.B. va Abduraximova D.M. hamda Toksikologik kimyo kafedrasida kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirokida «Odam savdosiga qarshi kurashish» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Shuningdek “Odam savdosi – millatga hiyonat”, “Ogoh bo‘ling – odam savdosi”, “Odam savdosi – davr muammosi” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, avj olib kelayotgan ushbu muammodan ularni himoya etish kerakligi, yurtdoshlarimizning bu yo‘lga adashib kirib qolmasligi, qurbon bo‘lib qolmasligi uchun yuksak ma’naviyatli bo‘lishi lozimligi qayd etildi.

Ijtimoiy fanlar va Toksikologik kimyo kafedrasi