Ilmiy kengash yig’lishi bo’lib o’tdi

29.11.2019, 12:07 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1687

2019-yil 28-noyabr  kuni Toshkent  farmatsevtika institutining katta faollar zalida institut  rektori I.I.Alimdjanov boshchiligida rahbar xodimlar, bo’lim boshliqlari va kafedra mudirlari ishtirokida ilmiy kengash yig’ilish tashkil etildi. Yig’ilishda o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektor  Z.A.Yuldashev  talabalar turar joyidagi muammolar, kamchiliklar va ularni bartaraf etish xususida  to’xtaldi. Shuningdek kafedra kuni va ma’naviyat kunlarini muntazam va mukammal tashkil etish kerakligini ta’kidladi.

Ilmiy va innovatsion sohalar bo’yicha prorektor  N.S.Normaxamatov o’z nutqida institutning ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirish, “Scopus” jurnaliga institutning barcha professor-o’qituvchilari a’zo bo’lishlari kerakligi xususida aytdi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi bosh mutaxassisi D.Q. Xudoyqulova institutdagi ta’lim jarayoni, unda amalga oshirilayotgan ishlar, kamchiliklar yuzasidan ma’lumot berdi.

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova