“Oila-ta’lim muassasasi” hamkorligi samaradorligini oshirish yo‘lida

26.11.2019, 15:09 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1709

Toshkent  farmatsevtika  institutida  2019- yil  23- noyabr kuni soat 16-00da “Ota-onalar”  kuni tadbiri  bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut 1-2 kurs talabalarining ota-onalari  faol ishtirok etishdi. Tadbirni institut  o‘quv  va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori professor Z.A.Yuldashev  kirish so’zi bilan ochib berdi. Prorektor Z.A.Yuldashev institut rektori professor I.I.Alimdjanov rahbarligida oxirgi ikki yil davomida institut hayotida tub o‘zgarishlar qilinganligini ta’kidladi. Hususan, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, institutda darslarni samarali tashkil etish uchun o‘quv auditoriyalarini zamon talablariga mos tarzda ta’mirlash yuzasidan bajarilgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Galdagi vazifalar esa faqat ta’lim sifatiga qaratilib, bozor talablariga mos ravishda har qanday raqobatga bardosh beradigan kadrlar tayyorlash ekanligi ta’kidlandi.Mazkur jarayonda “Oila-ta’lim muassasasi” hamkorligi  doirasida ota-onalar kengashi faoliyatini tashkil etish, uni vazifalari haqida  mulohazalar yuritildi. So‘zga chiqqan ota-onalar o‘z farzandlarini o‘quv jarayonidagi qiziqtirayotgan  ayrim masalalar, ya’ni  xalqaro qo‘shma fakultetlar, xorijga borib o‘qish imkoniyatlari, tuzilajak qo‘shma fakultetlar  to‘g‘risida  to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Institut rahbariyati tomonidan ijtimoiy tarmoqda alohida guruh tashkil etish taklifi bildirilib, barcha ota-onalar tomonidan mazkur fikr qo‘llab-quvvatlandi. Tadbirda institut fakultetlari dekanatlari, murabbiylar ishtirok etishdi.