Institut miqyosida sportning “Shaxmat va shashka”turlari bo’yicha musobaqa o’tkazildi

26.11.2019, 14:35 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1835

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbuslaridan o‘rin olgan, 2-tashabbusi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning  sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur shartlarni yaratish hamda 2019-yil
4-sentabrda o‘tkazilgan 36-sonli vidioselektor majlisining bayonida belgilangan vazifalar hamda ta’lim muassasalaridagi sport inshoatlari quvvatlaridan samarali foydalanish, shuningdek, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga muntazam jalb etish choralarini kuchaytirish maqsadida 2019-yil 23-noyabr kuni Toshkent farmatsevtika instituti hududida joylashgan 1–sonli Talabalar turar joyida “BIZ SOG‘LOM TURMUSH TARAFDORIMIZ” shiori ostida “Shaxmat va shashka” sport turlaridan musobaqa o‘tkazildi. Musobaqada farmatsiya, sanoat farmatsiyasi, biotexnologiya, metrologiya va kasb ta’limi yo‘nalishlarining talaba yigit-qizlari ishtirok etdilar. Musobaqa natijalari:

Yigitlar o‘rtasida “SHaxmat” sport turi bo‘yicha:

I – o‘rinni farmatsiyasi fakultetining 105A guruh 1 – bosqich talabasi Ashurov Abdulatif egalladi.

II – o‘rinni sanoat farmatsiyasi fakultetining biotexnologiya yo‘nalishi 101B guruh 1 – bosqich talabasi  Azimov Nurali egalladi.

III – o‘rinni sanoat farmatsiyasi fakultetining 102B guruh 1 – bosqich talabasi  Obloqulov Muxammadali  egalladi.

Yigitlar o‘rtasida “SHashka” sport turi bo‘yicha:

I – o‘rinni farmatsiyasi fakulteti 108A guruh 1 – bosqich talabasi

SHaripov  Jahongir  egalladi.

II – o‘rinni sanoat farmatsiyasi fakultetining  201A guruh 2 – bosqich

     talabasi  Lapasov Muzaffar  egalladi.

     III – o‘rinni sanoat farmatsiyasi fakultetining biotexnologiya yo‘nalishi  101B guruh

             1 – bosqich talabasi  Turdipo‘latov Aslbek egalladi.

Qizlar o‘rtasida “SHashka” sport turi bo‘yicha:

I – o‘rinni farmatsiyasi fakulteti 106B 1 – bosqich guruh talabasi Xalimova Dildora  egalladi.

II – o‘rinni farmatsiyasi fakulteti  203A guruh 2 – bosqich  talabasi  SHamuratova Ozoda  egalladi.

 III – o‘rinni sanoat farmatsiyasi fakulteti 101B guruh 1 – bosqich   talabasi  Xamraeva Farangiz  egalladi.

Musobaqada g‘olib bo‘lgan talaba yigit-qizlarni diplomlar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

                                      Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova