Institut talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Davlat bayrog‘i – mening bayrog‘im” mavzusidagi insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi

25.11.2019, 16:25 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1791

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2019-yil 14-noyabrdagi 87-06-08-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida hamda “18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kuni” munosabati bilan Toshkent farmatsevtika instituti talabalari o‘rtasida “Davlat bayrog‘i – mening bayrog‘im” mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi. Unga ko‘ra 1-o‘rinni institut sanoat farmatsiyasi fakulteti 2-bosqich 201 A guruh talabasi Eshpo‘latova Nafisa Raxmatilla qizi, 2-o‘rinni  farmatsiya fakulteti 2-bosqich 209 B guruh talabasi Iskandarova Amina Nurmamatovna hamda 3-o‘rinni Farmatsiya fakulteti 2-bosqich 202 B guruh talabasi Temirova Nargiza Jafarovnalar egalladi. Tanlov g‘oliblarini muborakbod etamiz.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi