Tillar kafedrasi o‘qituvchilari 1-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib bordi

25.11.2019, 16:19 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1698

2019-yil 19-noyabr kuni institut Tillar kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan 1-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar xolidan xabar olindi. Tashrif jarayonida jarayonida “Ozodalik – saramjonlik o‘zbek xalqiga xos fazilat”, “Odam savdosiga qarshi kurashish barchamizning burchimizdir” mavzularida targ‘ibot ishlari olib borildi. Tadbirda Tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.Matyusupova va o‘qituvchi N.Kenjaevalar ishtirok etdi. Suhbat jarayonida talabalar turar joyida yashovchi talabalar o‘rtasida ozodalik va saramjon-sarishtalikka rioya etish shartlari, ularga yaratilgan imkoniyat va sharoitlardan unumli foydalanish zarurligi uqtirildi. Shuningdek, turli yot g‘oyalarning salbiy oqibatlari, odam savdosining mudhish sabablari, ularning oldini olish choralari xususida targ‘ibot ishlari olib borildi. Mazkur talabalar turar joyida Tillar kafedrasiga biriktirilgan barcha xonalar kafedra katta o‘qituvchisi Sh.Matyusupova va o‘qituvchi N.Kenjaevalar tomonidan tekshirilib, nazorat ishlari olib borildi.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi