“O’zbekistonda Qozogiston tibbiyoti kunlari”

22.11.2019, 15:31 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1747

2019-yil 21-noyabrda Interkontinental mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan “O’zbekistonda Qozogiston tibbiyoti kunlari” Xalqaro konferensiyasi doirasida S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog’iston Milliy tibbiyot universiteti bilan Memorandum imzolanishi hamda Janubiy Qozog’iston tibbiyot akademiyasi bilan Sanoat farmatsiyasi ta’lim yo’nalishi bo’yicha qo’shma fakultet tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Ushbu tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Eljan Birtanov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etmoqda.
Mazkur tadbir doirasida ikki davlat o‘rtasidagi tibbiy ta’lim va fan sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun vazir Eljan Birtanovga Toshkent tibbiyot akademiyasining faxriy professori unvoni berildi.
Ma’lumot uchun, 2018-yil Qozog‘istonda O‘zbekiston yili deb e’lon qilinib, oliy ta’lim sohasida hamkorlik aloqalari yanada kengaydi.
Tadbirda Toshkent farmatsevtika instituti rahbar xodimlaridan (Yo’ldashev, N.S.Normaxamatov,H. Zaynutdinov, N.Abzalova, K. Nuridullaeva, N.Zaripova Z. Mamatqulov) ishtirok etishdi.

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova