“Zulfiyaxonim qizlari” ko‘rik tanlovining 2019-yil Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

21.11.2019, 17:08 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3521

Toshkent farmatsevtika institutida “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti” ishlari bo’yicha  tasdiqlangan reja asosida I.M. Iminova tomonidan talaba-qizlar o‘rtasida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari olib borilmoqda. Iqtidorli talaba-qizlarning ro‘yxati va monitoringini olib borish maqsadida yuqori bilimga ega tashabbuskor qizlar zaxirasi tashkil etildi. Natijada ro‘yxati shakllantirilgan iqtidorli qizlarning salohiyatidan foydalanishga erishildi. 2019-yil 18-19 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Zulfiyaxonim qizlari” ko‘rik tanlovining Toshkent shahar bosqichida farmatsiya fakulteti 507 A guruh talabasi Usmonova Nigora o‘zining “Bolalar uchun shifobaxsh o‘simliklardan tayyorlangan shirinliklar” mavzusidagi ilmiy ish taqdimoti bilan qatnashdi. SHuningdek, o‘zining ilmiy sohadagi erishgan yutuqlari va qiziqishlari mujassamlangan  ko‘rgazmasini taqdim etdi. Usmonova Nigora  faol ishtiroki uchun Toshkent shahar Xotin-qizlar qo‘mitasining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

     

     

TFI “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti” ishlarining  mas’ul xodimi: I.M. Iminova