Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasining talabalar turar joyiga tashrifi

21.11.2019, 16:57 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2054

20 – noyabr kuni Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi xodimlari birgalikda talabalar turar joyiga tashrif buyirdilar. Xonalar ko’zdan kechirildi, sanitar-gigiyenik holati o’rganildi. Tashrif mobaynida  kafedra dotsenti D.T.Gaibnazarova va  assistenti D.Sharofutdinova  “Biz “ommaviy madaniyat”ga qarshimiz”, “Vatanimiz ravnaqi yo‘lida xalqimizga kamarbastamiz”, “Biz uchun diniy bag‘rikenglik ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan milliy qadriyat” kabi mavzularda  uchrashuv, davra suhbatlari tashkil etdilar.

Tashrif jarayonida talabalarning darslarga o‘z vaqtida borishi, kundalik o‘zlashtirishni yaxshilash va darslarni qoldirmaslik TTJ va  institut  ichki tartib intizomiga bo‘ysunish, talabalar haqidagi ma’lumotlarni to‘ldirish asosida tushuntirish ishlari ham olib borildi.

     

Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi