Talabalarni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Biotexnologiya” kafedrasi o’qituvchisi D.Q. Nurmuhamedova guruh rahbarligi bo’lgan  Sanoat farmatsiyasi  106-guruh talabalari  bilan  “Talabalar shaharchasi ma’naviyat va  ma’rifat markazi ”ga  tashrif buyurdilar

20.11.2019, 16:57 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1973

Institut miqyosida tashkil etilgan “Ma’naviyat kuni” tadbiri doirasida, institut  Sanoat farmatsiya fakulteti Sanoat farmatsiyasi yo’nalishi 1-bosqich 106-A,B guruh talabalari o’rtasida  “Kitobxonlik-buyuk kelajak kafolati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur mavzuda guruh murabbiysi D.Q.Nurmuhamedova so’zga chiqib, jadal rivojlanib borayotgan texnika asrida kitobxonlikning o’rni haqida ta’kidladi. Suhbatdan so’ng guruh talabalari bilan murabbiy “Talabalar shaharchasi ma’naviyat va ma’rifat markazi”ga tashrif buyurdilar. Guruh talabalari ushbu  markazda tashkil etilgan “Bayrog’im-iftihorim”  nomli seminarda faol ishtirok etish bilan bir qatorda markazning faoliyati va undagi mavjud kitoblar bazasi bilan ham yaqindan tanishib oldilar.

     

     

     

Biotexnologiya kafedrasi