“18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kuni” munosabati bilan talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

16.11.2019, 18:03 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1966

2019-yil 16-noyabr kuni institut talabalar turar joyida “18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kuni” munosabati bilan talabalarda Vatanga sadoqat, mamlakat tarixi va millat qadriyatlariga hurmat hamda insoniylik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida “Bayrog‘im – faxrim mening”, “Bayrog‘im – sha’nim, g‘ururim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi N.S.Salimsakova, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i N.X.Ashurova, tarbiyachi – pedagog N.E.Yusupova, psixolog K.B.Axrorova, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut BT yetakchisi F.Sh.Namozov, farmatsiya fakulteti dekan muovini A.A.Tag‘baev hamda talabalarning ishtiroki ta’minlandi. Suhbat jarayonida ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi N.S.Salimsakova “Bayrog‘im – faxrim mening”, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i N.X.Ashurova  “Yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularni shakllantirish omillari”, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut BT yetakchisi F.Sh.Namozov “Bayrog‘im – sha’nim, g‘ururim!” mavzularida targ‘ibot ishlarini olib bordi. Tadbirda talabalar tomonidan vatanni madh etuvchi she’rlar aytildi.