Farmatsiya fakulteti 4-bosqich 406-A, 407-B guruh talabalari Mirobod tumani “Tong yulduzi” mahallasida hayriya tadbirini tashkil qildi

16.11.2019, 17:34 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1627

Ma’lumki, ezgu amal qilish, hayr – saxovatli ishlarga qo‘l urish barcha zamonlarda eng muhim masalalardan biri bo‘lgan. O‘zbek xalqi o‘rtasida bu kabi tushunchalar azal-azaldan shakllangan bo‘lib, nafaqat yaqinlar balki nogiron, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalar xolidan xabar olish singari urf-odatlarimiz hali hamon barhayotdir. Bu kabi fazilatlarni yosh avlod o‘rtasida ham keng targ‘ib etish, ular qalbida shukronalik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida Farmatsiya fakulteti 4-bosqich 406-A, 407-B guruh talabalari o‘rtasida “Xayr-saxovat azaliy qadriyatlarimiz” mavzusida xayriya tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirda guruh murabbiysi N.S.Abduxalilova Mirobod tumani “Tong yulduzi” mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda Sayhun ko‘chasi, 17- uy, 1-xonadonda yashovchi Kuznesova Lyubov Mixaylovna xonadoniga tashrif buyurdilar. Unda guruh talabalari boquvchisini yo‘qotgan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatdilar.

     

Nigora Ashurova  Yoshlar bilan ishlash,  ma’naviyat va ma’rifat  bo‘lim boshlig‘i