Institut talabalar turar joyida “Odam savdosiga qarshi kurashish davr talabi” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi

16.11.2019, 13:49 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1793

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida 2019 yil 9 oktabr kuni o‘tkazilgan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish  milliy komissiyasining 2-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 17-bandida belgilangan vazifalar hamda OO‘MTVning 2019 yil 2 noyabrdagi 87-02-2911-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida “Odam savdosiga qarshi kurashish davr talabi” mavzusida talabalar turar joyida yashovchi talabalar o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi.  tadbirda ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari, talabalar turar joyi mutasaddi rahbarlari hamda tarbiyachi-pedagog N.E.Yusupovalar ishtirok etdi. Suhbat jarayonida chet davlatlarga ishlash maqsadida  ketayotgan fuqarolarning odam  savdosi qurboniga aylanishlari xavfini oldini olish, huquqiy savodxonliklarini oshirish, chet davlatlarga chiqish va u yerda bo‘lish qoidalari to‘g‘risida huquqiy maslahatlar berildi, odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatdan jabrlangan O‘zbekiston  Respublikasi fuqarolariga ko‘rsatiladigan huquqiy-ijtimoiy  yordamlar haqida ma’lumot berildi. Tadbir jarayonida talabalar tomonidan savollar berildi va berilgan savollarga ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari X.Abduraxmonov, N.S.Salimsakovalar javob berishdi.