Institut talabalari Toshkent shahrida tashkil etilgan yugurish bo‘yicha marafonda ishtirok etdi

16.11.2019, 11:18 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1857

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 – yil 18 – dekabrdagi “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faollik darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4063-sonli qaroriga muvofiq navbatdagi “Salomatlik kuni” 2019-yil 16-noyabr kuni “Faxrim, shon-sharafimsan mustaqil O‘zbekiston” shiori ostida marafon tashkil etildi. Mazkur marofonda institut tibbiy va biologik kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi Berdiev Sherzod Ochilovich boshchiligida talabalar 5 km ga faol yugurish hamda “Ommaviy gimnastika” tadbirida faol ishtirok etdi. Marofon jarayonida tibbiy va biologik kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi Berdiev Sherzod Ochilovich talabalar ongiga uzoq va sermazmun hamda faol jismoniy hayot kechirish, shaxsni rivojlantirish va uning kasbiy faoliyatida jismoniy madaniyatining roli, sog‘lom turmush tarzi, o‘zini o‘zi jismoniy yaxshilash va tarbiyalashni singdirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini olib bordi.

           

Nigora Ashurova Yoshlar bilan ishlash,  ma’naviyat va ma’rifat  bo‘lim boshlig‘i