“Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” nomli xalqaro Respublika ilmiy-amaliy anjumaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

15.11.2019, 12:01 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2036

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 noyabrdagi 8n-4/375-sonli xatiga muvofiq 2019-yil 15-nofbr kuni soat  09:30 da Toshkent farmatsevtika institutida  “Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” nomli xalqaro Respublika ilmiy-amaliy anjumaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazir birinchi o‘rinbosari  Vazirning birinchi o‘rinbosari B.Q.YUsupaliev, Toshkent farmatsevtika instituti rektori professor I.I.Alimdjanov va yana tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan ochib berildi.  Anjumanda Koreya, Xitoy, Germaniya, Rossiya, Ukraina, Xindiston, Misr Arab Respublikasi qo‘shni davlatlardan Qozoqiston, Qirg‘izistondan tashrif buyurgan mehmonlar qatnashmoqdalar.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova