Toshkent farmatsevtika institutiga Koreyaning “Seul” universitetining professorlari tashrif buyurdilar
15-16 noyabr kunlari Toshkent farmatsevtika institutida bo‘lib o‘tadigan Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga ko‘plab davlatlardan mehmonlar tashrif buyurmoqda. Jumladan, 2019-yil 14-noyabr kuni institutiga Koreyaning “Seul” universitetining 5 nafar professorlari tashrif buyurdilar. Koreyaning “Seul” universiteti hamda Toshkent farmatsevtika instituti bilan hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, mazkur mehmonlarning tashrifidan maqsad 15-16-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etib, institut hayoti va kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlari bilan yaqindan tanishishdir.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova