Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning burchimiz

09.11.2019, 13:07 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1614

Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat qaror toptirish o‘ta dolzarb masala bo‘lib, garchi uni bajarish doirasida mas’ul idoralar belgilangan bo‘lsa-da, uning to‘laqonli ro‘yobga chiqishi uchun har bir fuqaro o‘zida mas’uliyat his etsa, qo‘yilgan maqsad va muddaolar yechimi paydo bo‘ladi.

Mas’uliyatsizlikka, adolatsizlikka nisbatan murosasizlikni o‘zimizdan boshlashimiz darkor. Shunda mudrayotgan mansabdor uyg‘onadi, zimmasida qanday mas’uliyat borligini his etadi.
Shunday ekan barchamiz bu illatni bartaraf etish uchun vijdonimizni, nafsimizni pok etmog’imiz darkor.Har bir inson nafsini quli bo’lmay o’z kasbini sevib unga vijdonan yondoshsa albatta o’z maqsadimizga yetishamiz. Ayniqsa ta’lim berish maskanida biz kelajak avlodni tarbiyalayabmiz.Shunday ekan kelajak avlodga halollik va haqqoniylikni namoyon etib o’rnak bo’lish bu bizning burchimizdir.

Toshkent farmatsevtika instituti rekotori Alimdjanov Ibrohim Inamovich