FITQ kafedrasining TTJda  o‘tkazgan “Kafedra kuni” xususida

08.11.2019, 16:39 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1810

Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi professor-o‘qituvchilari talabalar turar joyida kafedra kunini o‘tkazdilar.

Kafedra mudiri SH.Z.Umarova so‘zga chiqib talabalarga kafedra to‘g‘risida ya’ni faoliyat yuritayotgan professor- o‘qituvchilari haqida hamda kafedrada chop etilgan darsliklar o‘quv qo‘llanmalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Kafedra assistenti N.X.Rajabova “Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedra tarixi va faoliyati” to‘g‘risida ko‘rgazmali taqdimot o‘tkazdi. Assistent A.A.Raximov “Farmatsevtikada boshqaruv asoslari” fani doirasida o‘qitiladigan farmatsevtik marketingning mavzusi, Segmentlash bo‘yicha qisqacha ma’ruza o‘qidi. Ma’ruzalar talabalarda juda katta qiziqish uyg‘otdi. Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan talabalar turar joyida yashovchi talabalarga sovg‘alar taqdim etildi.

     

     

     

FITQ kafedrasi