Tillar kafedrasi tashabbusi bilan institut qoshidagi Akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida “O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish” mavzusida uchrashuv tashkil etildi

08.11.2019, 16:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1652

 2019 yil 8 noyabr kuni institut Tillar kafedrasi tashabbusi bilan institut qoshidagi Akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida “O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish”, “Yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish” mavzularida uchrashuv tashkil etildi. Hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda tillar kafedrasi katta o‘qituvchilari S.Shukurdjanova, N.X.Ashurova hamda Akademik litsey o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi. Tadbir jarayonida institut faoliyati, bunyodkorlik ishlari, talabalarning ta’lim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, o‘quv jarayonlari, moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, talabalar tomonidan erishilgan yutuqlar, institut miqyosida joriy etilgan tanlovlar, targ‘ibot-tashviqot tadbirlaridan lavhalar va ma’lumotlar berildi. Tadbirda jami 36 nafar o‘quvchilarning ishtiroki ta’minlandi.

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova