“Men nega farmatsevt bo‘lishni tanladim”  mavzusidagi insholar tanlovi g‘oliblarini e’lon qilamiz

07.11.2019, 12:50 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1646

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbeksiton Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rayosatining qaroriga binoan 2019-yil 9-noyabr shifokorlar kuni munosabati bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi Oliy ta’lim muassasalarining talabalari o‘rtasida 2019-yil 28-oktyabrdan 5-noyabrgacha bo‘lgan davrda “Men nega farmatsevt bo‘lishni tanladim”  mavzusidan insholar tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tanlovda Toshkent farmatsevtika institutidan g‘olib bo‘lgan talabalar ro‘yhatini e’lon qilamiz.

Institut talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Men nega farmatsevt bo‘lishni tanladim”  mavzusidagi insholar tanlovida quyidagi talabalar g‘olib deb topildi:

1-o‘rin Farmatsiya fakulteti farmatsiya yo‘nalishi 2 kurs 211 A guruh talabasi Qodirova SHaxnoza Ziyodullaevna;

2-o‘rin Farmatsiya fakulteti farmatsiya yo‘nalishi 3 kurs 306 B guruh talabasi  Mansurov Azamat Xamidullo o‘g‘li;

3-o‘rin Farmatsiya fakulteti farmatsiya yo‘nalishi (Sankt-Peterburg qo‘shma fakultet) 1 kurs 102 A guruh talabasi Abduvalieva Mavluda SHavkat qizi;

“Men nega farmatsevt bo‘lishni tanladim”  mavzusidagi insholar tanlovi g‘oliblarini institut rahbariyati nomidan tabriklaymiz va o‘qishlarida muvaffaqiyat tilaymiz.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova