“Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari”

06.11.2019, 17:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2083

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PF-5729-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida korrupsiyaning xavf-xatarlarini tahlil qilish asosida, aholining keng qatlamlarini xabardor qilish va ong-bilimlarini oshirishda maqsadli tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, imkoniyat yaratuvchi sabablar, shart-sharoitlar va oqibatlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2019 yil 6 noyabr kuni soat 15-00 da Toshkent farmatsevtika institutining katta majlislar zalida institut rahbar xodimlar, kafedra mudirlari professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Ta’lim   muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida davra suhbati  o‘tkazildi. Yig‘ilishni o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Yuldashev Zokirjon Abidovich ochib berdi va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan mavzuda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi yuzasidan to‘xtalib o‘tildi. Institut talabalarini barkamol, o‘z sohasining etuk mutaxassislari bo‘lib shakllanishlarida o‘quv jarayoni sifatini yanada oshirish choralari ko‘rish masalalari xususida to‘xtalib o‘tildi.

    

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova