Institutning barcha bosqich guruhlarida 1-juftlik dars mashg‘ulotini O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini talabalar tomonidan jo‘r bo‘lib kuylash bilan boshlash tartibi joriy etildi

06.11.2019, 16:43 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1920

Yoshlarimizning qalbi, ongu shuurida Vatan tuyg‘usini yanada yuksaklarga ko‘tarish, Vataniga, Prezidentiga sadoqatli farzandlar bo‘lib voyaga yetishishi, davlatimiz ramzini milliy g‘urur timsoli sifatida ulug‘lash hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 oktabrdagi 01-07/1-3239-sonli majlis bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 oktabrdagi 994-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institutning barcha bosqich guruhlarida 1-juftlik dars mashg‘ulotini O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini talabalar tomonidan jo‘r bo‘lib kuylash bilan boshlash tartibi joriy etildi. Mazkur jarayonlarni nazorat qilish fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.

Institut matbuot  kotibi N.L.Usmanova