“Farmatsevtik texnologiya” fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari “Dori turlari texnologiyasi kafedrasining filialida olib borilmoqda

04.11.2019, 14:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2096

2019-yil 2-noyabr kuni “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasida o‘qitiladigan  “Farmatsevtik texnologiya” fanidan “Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalar bilan murakkab poroshoklar tayyorlash texnologiyasi. Sifatiga baho berish” mavzusidagi laboratoriya mashg‘ulotlari kafedra filiali “Afsonak 63” xususiy dorixonasida “Farmatsiya”  fakulteti  farmatsiya yo‘nalishi 3-kurs 311-B guruh talabalari bilan kafedra  assistenti M.A.Tashmuxamedova  boshchiligida olib borildi.  Mashg‘ulot   jarayonida  zaharli va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bilan murakkab poroshok  tayyorlash texnologiyasi  bo‘yicha talabalar tomonidan  laboratoriya ishlari o‘tkazildi. Talabalar retseptura bo‘limidagi farmasevt-texnolog bilan birgalikda  poroshoklar tayyorlashdi.

     

DTT kafedrasi