Organik va biologik kimyo kafedrasining toshkent shahri yunusobod tumandagi 274-sonli maktabi bilan 2019-yil oktabr oyida olib borgan hamkorliklari va tashrifi haqidagi hisoboti

01.11.2019, 17:13 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2657

2019-yil 10-sentabr kuni Organik va biologik kimyo kafedrasining  professor-o‘qituvchilari dotsent A.Maqsudova,katta o‘qituvchi Ko‘charova I.Sh. va N.Chinibekovalar Yunusobod tumandagi 274-umum ta’lim maktabiga  tashrif buyurdilar. Tashrif “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini  mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus”ni maktab o‘quvchi-yoshlariga tushuntirish doirasida davra suhbatiga bag’ishlandi.

2019-yil 18-oktabr kuni kafedra professor-o‘qituvchilari dotsent A.Maqsudova, katta o‘qituvchi Ko‘charova I.Sh. va N.Chinibekovalar Yunusobod tumandagi 274-umum ta’lim maktabiga  tashrif buyurdilar. Tashrifda kafedra va maktab o‘rtasidgi hamkorlik ishlari asosida O‘zbekiston Respublikasining 1989-yil  21-oktabr kuni “O‘zbek tili” davlat tili deb qabul qilinganligi munosabati bilan “Ona tilim – faxrim mening” mavzuida adabiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

     

     

     

Organik va biologik kimyo kafedrasi