Institut rektori rahbar xodimlar va kafedra mudirlari ishtirokida yig’ilish tashkil etdi

30.10.2019, 21:20 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1823

Institut rektori  rahbar xodimlar va kafedra mudirlari ishtirokida yig’ilish  tashkil etdi

    Inson kamolotida ta’lim va tarbiyaning o‘rni alohidadir. Shu bois hozirda o‘qituvchilar faoliyatiga alohida e’tibor bilan qaralmoqda. Ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, uning nafaqat davr bilan hamohang bo‘lishini, balki zamondan oldinda yurishini ta’minlash, pedagog kadrlarni  tayyorlash va qayta tayyorlashning ilg‘or usullaridan keng foydalanish, bu ishlarni xorijdagi nufuzli markazlar bilan hamkorlikda olib borish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, professor-o‘qituvchilarning mashaqqatli va mas’uliyatli mehnatini har taraflama rag‘batlantirish bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirish, qisqa qilib aytganda, hayotimizga katta kuch bo‘lib kirayotgan yangi avlodni kamol toptirish uchun davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu borada Toshkent   farmatsevtika institutida ham qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. 2019-yil 30-oktyabr kuni institut rektori I.I.Alimdjanov tomonidan rahbar xodimlar, kafedra mudirlari,bo‘lim boshliqlari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi. Yig’lishda institut rektori farmatsevtika  fanlari bo’yicha PHD diplomini qo’lga kiritganlari bilan O.I.Xudoyberdiyev va farmokognoziya kafedrasi katta o’qituvchisi G.K.Raximovani institut jamoasi nomidan tabrikladi. Shuningdek yig’lishda ortaga qoyilgan masalalar yuzasidan to’xtalib institutning ilmiy salohiyati yuksaltirish yuzasidan  rahbar xodimlarga topshiriqlar berildi.

 

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova