Institut rektori talabalari o’rtasida “Ochiq muloqot” tashkil etdi

30.10.2019, 20:22 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1863

Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim va ilm-fan tizimini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli izchil ishlar yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlashga zamin yaratdi.Toshkent farmatsevtika institutida fakultet va kurslar kesimida talabalar bilan institut rektori I.I.Alimdjanov tomonidan ochiq muloqot tashkil etilib borilmoqda.
2019 yil 29-30 oktyabr kunlari kurslar kesimida sanoat farmatsiya va farmatsiya fakulteti talabalari o’rtasida bo’lib o’tgan ochiq muloqotda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, davlat dasturida ko‘zda tutilgan masalalar, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, institut ichki tartib qoidasi, odob-axloq qoidalariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova