Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari “Olmazor tibbiyot kolleji” 3-kurs 319-guruh o‘quvchilariga “Granula va ularni korxona sharoitida ishlab chiqarish” mavzusida amaliy mashg‘ulot olib bordilar

28.10.2019, 11:12 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2185

DVST kafedrasining professor-o‘qituvchilari “Olmazor tibbiyot kolleji”  3-kurs 319-guruh o‘quvchilariga “Granula va ularni korxona sharoitida ishlab chiqarish” mavzusida amaliy mashg‘ulot olib borishdi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga granula dori shaklining tarixi, tasnifi, tavsifi, olinish usullari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, dori vositalari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar faoliyati bilan tanishtiruvchi videoroliklar namoyish etildi. Amaliy mashg‘ulotdan so‘ng “DVSIM” laboratoriyasida granulalarning sifat ko‘rsatkichlarini o‘rganish bo‘yicha asbob-uskunalar va ularning ishlash prinsipi bilan tanishtirildi.

     

     

DVST kafedrasi