Toksikologik kimyo kafedrasining TTJda istiqomat qiluvchi talabalar bilan o‘tkazgan kafedra kuni bo‘yicha hisobot

25.10.2019, 16:47 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1935

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning biri bo‘lgan kitobxonlikni targ‘ib etish hamda o‘zbek tiliga davlat maqomi berilganining 30 yillik bayrami munosabati bilan talabalar turar joyida yashovchi toksikologik kimyo kafedrasiga biriktirilgan xonalardagi talabalar bilan kafedra kuni o‘tkazildi. Tadbirda yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Mehnat shuhrati” va “Do‘stlik” ordeni, “Oltin qalam” milliy mukofoti sohibasi  shoira Zulfiya Mo‘minova faxrli mehmon sifatida ishtirok etdi. Talabalar xassos shoiraning she’rlaridan bahramand bo‘lishdi. Tadbir so‘ngida talabalarga shoiraning so‘nggi chiqqan she’riy  to‘plami taqdim etildi. Uchrashuv ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

     

     

Toksikologik kimyo kafedrasi