Toshkent farmatsevtika instituti “Dori vositalarining sanoat texnologiyasi” kafedrasining Olmazor tibbiyot kolleji bilan hamkorlikdagi ishlari

25.10.2019, 15:25 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1754

Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi va Olmazor tibbiyot kolleji o`rtasidagi o`zaro hamkorlik rejasiga binoan 2019-yil 24-oktabr kuni kafedra xodimlari dots. Z.X.Zufarova, assistentlar N.S.Sadikova, Z.A.Zuparova, Sh.Sh.Xusenova va K.R.Ramazonovalar  kollejning farmatsiya yo`nalishi o`qituvchilari va 3-bosqich o`quvchilariga “Organopreparatlar va fermentlar olish texnologiyasi” mavzusida master klass o`tkazdilar. Master klass qizg`in baxs munozaralarga boy bo`ldi va o`quvchilar o`zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

     

     

DVST kafedrasi