Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasining 1-Respublika tibbiyot kolleji bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.

24.10.2019, 16:33 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1895

Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi xodimlari G.R.Zokirova, N.M.Vaxidova va M.K.Usmonovalar 1-Respublika tibbiyot kolleji 3-kurs 324-guruh o’quvchilariga “Xalqaro standartlar” mavzusida amaliy mashg’ulot olib bordilar. Mashg’ulot davomida kafedra katta o’qituvchisi G.R.Zokirova o’quvchilarga Xalqaro standart turlari, ularning ahamiyati, korxona me’yoriy hujjatlari, tuzilish qoidalari, sertifikatlar berish tartibi haqida gapirib o’tdilar.

Mashg’ulot so’nggida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

     

DVSSM kafedrasi