Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi professor o‘qituvchilari “Olmazor tibbiyot kolleji” 3-bosqich 319-guruh o‘quvchilariga “Tabletkalar va ularni korxona sharoitida ishlab chiqarish” mavzusida amaliy mashg‘ulot olib bordilar

24.10.2019, 09:47 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1793

DVST kafedrasining professor o‘qituvchilari “Olmazor tibbiyot kolleji” 3-bosqich 319-guruh o‘quvchilariga “Tabletkalar va ularni korxona sharoitida ishlab chiqarish” mavzusida amaliy mashg‘ulot olib borishdi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga tabletka dori shaklining tarixi, tasnifi, tavsifi, olinish usullari, zamonaviy tabletka mashinalari va ularning ishchi qismlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, dori vositalari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar faoliyati bilan tanishtiruvchi videoroliklar namoyish etildi. Amaliy mashg‘ulot oxirida “DVSIM” laboratoriyasida tabletkalarni sifat ko‘rsatkichlarini o‘rganish bo‘yicha asbob-uskunalar va ularning ishlash prinsipi bilan tanishtirildi.

     

 

DVST kafedrasi